JCh-2026 finalchisi tez orada jamoasini oʻzgartiradi – futbolchiga “Inter” va “Barselona” qiziqmoqda
Argentinalik markaziy himoyachiga Evropa futbolining ikki grandi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga koʻra, Romeroning “Tottenxem”dan ketishi shunchaki vaqt masalasi, chunki hamma narsa kelishib boʻlingan. Argentinalik himoyachi transferi uchun asosiy da'vogar “Inter” hisoblanadi. Milanliklar yaqin orada “shporlar”ning 28 yoshli markaziy himoyachisi vakillari bilan bevosita muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Romeroga “Inter”dan tashqari “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq kataloniyaliklar argentinalikni faqat mavjud markaziy himoyachilardan biri shu yozda “koʻk-anorranglilar”ni tark etgan taqdirdagina safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Romero oʻtgan mavsum “Tottenxem” safida rasmiy turnirlarda 32 oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kristan Argentina terma jamoasi bilan birga 2026 yilgi Jahon chempionati finaligacha etib bordi va unda “albiseleste” minimal hisobda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1). “Furiya Roxa”ga gʻalabani 106-daqiqada gol urgan “Barselona” hujumchisi Ferran Torres keltirdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0