JCH-2026 dagi so‘nggi to‘qqizta kartochka Argentina terma jamoasi vakillariga ko‘rsatildi
Jahon chempionati – 2026 da ko‘rsatilgan so‘nggi to‘qqizta kartochka Argentina terma jamoasi futbolchilariga nasib etdi.
Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa JCH-2026 finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Argentinalik o‘yinchilar o‘yin davomida 6 ta sariq kartochka olishdi. Ularning ikkitasi yarim himoyachi Enso Fernandesga ko‘rsatildi – u uchrashuvning 93-daqiqasida maydondan chetlatildi.
Finalning 104-daqiqasida hakam Slavko Vinchich bilan bahslashgani uchun yana bir sariq kartochkani Skaloni oldi.
Angliyaga qarshi o‘tgan oldingi yarim final uchrashuvida (2:1) argentinaliklar yana 3 ta sariq kartochka ishlab olishgan edi. O‘sha bahsni Ismail Elfat boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0