Ixtiyor Toshpoʻlatov: "Oʻzbekiston Kubogida shunchaki qatnashmoqchi emasmiz"
"Oʻyin juda qiziq boʻldi. "Bunyodkor-2" ham juda yaxshi shakllangan jamoa ekan. Bizga jiddiy qarshilik koʻrsatdi. Ammo gʻalaba qozonishni koʻproq istagandik. Natijada maqsadimizga erishdik. Bizda juda ahil jamoa yigʻilgan, har bir bahsda muvaffaqiyat qozonish va Proliga sari qadam tashlamoqdamiz. Butun jamoa bir oiladek boʻlib harakat qilmoqda. Bu gʻalaba bilan hamma sirdaryolik muxlislarni tabriklayman.
Oʻzbekiston Kubogida ham katta maqsad va vazifalar qoʻyganmiz. Turnirda shunchaki qatnashmoqchi emasmiz. Garchi guruhimizda kuchli jamolar boʻlishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz. Imkon bor ekan, bundan unumli foydalanishga urinamiz", – dedi Toshpoʻlatov.
Eslatib oʻtamiz, “Guliston” “D” guruhida “Neftchi”, “BuxDU” va “Buxoro” bilan bahs yuritadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0