Fidbol.net

Islombek Baratov – “Buxoro” jamoasi futbolchisi

Tahririyat 2
Islombek Baratov – “Buxoro” jamoasi futbolchisi

Mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan “Buxoro” jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida to‘p surgan himoyachi Islombek Baratov bilan shartnoma imzoladi.

U faoliyati davomida “Yangiyer”, “Sho‘rtan”, “Mash’al hamda “Lokomotiv” kabi klublar safida to‘p surgan. Klublar miqyosida 100 ta uchrashuv o‘tkazib 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

“Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Baratovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi”, - deyiladi klub xabarida.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring