Islom Ismoilov: "Qur'adan oldin "Paxtakor" tushishini istagan edim"
Shubhasiz, mazkur bosqichning markaziy qarama-qarshiligi "Neftchi" va "Paxtakor" oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Bu toʻqnashuv final oldidan final maqomini oladi.
Biz qur'a natijalari haqida fargʻonaliklar ustozi Islom Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Qur'adan oldin oʻzim ham "Paxtakor" tushishini xohlayotganimni aytib oʻtgandim. Sababi bu yil hisobidan "Paxtakor" bilan yana bir bor oʻz uyimizda oʻynash uchun bu yaxshi imkoniyat edi. Xudo xohlasa, muxlislarimiz oldida bu yilgi magʻlubiyat uchun revansh olamiz. Albatta, bu final oldidan boʻlib oʻtadigan katta miqyosdagi uchrashuvdir. Oʻylaymanki, bu bahsda gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl olamiz”, – dedi murabbiy.
Manba: championat.asia
Izohlar 0