Fidbol.net

Abbos Ergashev: "Surxon" bilan bahsda ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz"

Tahririyat 2
Abbos Ergashev: "Surxon" bilan bahsda ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz"

Xabaringiz bor, gulistonliklar garchi birinchi ligada ishtirok etishiga qaramay, oʻz guruhida “Neftchi”dan keyin 2-pogʻonani egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Endilikda “Surxon” bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi.

Qur'a tashlash marosimidan soʻng jamoa bosh murabbiyi Abbos Ergashev “Surxon” bilan bahs va birinchi ligada oldinda turgan ikki bahs haqida fikr bildirdi.

“Oʻzbekiston kubogi bahslari juda shiddatli oʻtmoqda. Kuchsiz jamoaning oʻzi yoʻq. Avval ham aytganimdek, biz har bir bahsda gʻalaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chunki bu biz uchun katta sinov va tajriba hisoblanadi. “Surxon” bilan bilan ham ijobiy natijaga qarab, harakat qilamiz. Bu bahsga qadar vaqt bor. Albatta, raqibni ham oʻrganishda davom etamiz.

Hozirda birinchi ligada yana 2 ta oʻyinni oʻtkazib olishimiz kerak. Bu oʻyinlardagi natijalar jamoamizning natijalari uchun muhim hisoblanadi. Klubimiz rahbariyati Oʻzbekiston kubogi va 1-liga oʻyinlarida gʻalaba qozonishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Faqat biz oʻsha maqsadlar sari harakamt qilsak boʻldi”, — dedi Ergashev.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring