Fidbol.net

Jamoasi safidagi ilk oʻyinidayoq darvozani munosib qoʻriqlagan darvozabon, trivela zarbasi bilan gol urgan legioner — Superligada 16-tur laureatlari

Tahririyat 5
Jamoasi safidagi ilk oʻyinidayoq darvozani munosib qoʻriqlagan darvozabon, trivela zarbasi bilan gol urgan legioner — Superligada 16-tur laureatlari

16-turning eng yaxshi darvozaboni — Umid Ergashev (“Xorazm”)

“Xorazm” yangi darvozaboni Umid Ergashev jamoa safidagi ilk oʻyinidayoq darvozani munosib qoʻriqladi. 27 yoshli posbon “Mash'al”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) 6 ta seyv namoyish etib, darvozani “quruq” saqladi. Shu tariqa, Championat.asia xodimlari aynan Ergashevni tur darvozaboni deb topdi.

darvozabon (9).png

16-turning eng yaxshi murabbiyi — Mirko Yelichich (“Lokomotiv”)

“Lokomotiv” ortda qolgan turda ketma-ket 5 oʻyindan beri magʻlubiyat nimaligini bilmay kelgan “Dinamo”dan ustun keldi (2:1). Jamoa birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, Turopov va Abduxoliqovning samarali harakatlari evaziga irodali gʻalabaga erishdi. Shunday qilib, Abramov jamoasini magʻlub etgan Yelichich turning eng yaxshi murabbiyi sifatida e'tirof etildi.

murabbiy (8).png

16-turning eng yaxshi futbolchisi — Jamshid Iskanderov (“Neftchi”)

“Neftchi” bu turda “Qizilqum”ni mehmon qilib, hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0. Uchrashuvda Jamshid Iskanderov top oʻyin koʻrsatib, bitta gol urdi, bitta avtogol qayd etilishiga sababchi boʻldi, shuningdek, hujumchi Peritsaning golida assistentlik qildi. Shu tariqa, MTJning kreativ yarim himoyachisi tur futbolchisi nomiga loyiq koʻrildi.

futbolchi (8).png

16-turning eng chiroyli goli muallifi — Vladimir Rodich (“Buxoro”)

“Buxoro” bu turda oʻziga xos iroda koʻrsatib, Toshkentda “Paxtakor” bilan 0:2 ni 2:2 ga aylantira oldi. Bunda albatta trivela uslubidagi zarbasi orqali darvozani ishgʻol etgan chernogoriyalik yarim himoyachi Vladimir Rodichning ham oʻrni katta. Uning 75-daqiqada Sanjar Quvvatov darvozasiga kiritgan toʻpi mavsumning eng unutilmas gollaridan biri boʻldi va haqli ravishda 16-turning eng chiroiyli goli deb topildi.

gol (8).png

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring