Fidbol.net

Insayderlar «Real» qaysi holatda «Bavariya»ga Olise bo‘yicha taklif yuborishini bilib olishdi

Tahririyat 9
Insayderlar «Real» qaysi holatda «Bavariya»ga Olise bo‘yicha taklif yuborishini bilib olishdi

Manbalarga ko‘ra, Madridning «Real» klubi Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise bilan shartnoma imzolamoqchi. Biroq «qaymoqranglilar» myunxenliklar bilan munosabatlarni buzishni istashmayapti.

Shu sababli, «Bavariya»ga futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif faqat Olisening o‘zi Myunxen klubiga Madridga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgan taqdirdagina yuboriladi. Manbalarning ta’kidlashicha, bu amalga oshmaguncha, «Real» soyada qolishni rejalashtirmoqda.

Maykl Olise «Bavariya»ga «Kristal Pelas»dan o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda fransuzlar vakili Bundesligada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring