Fidbol.net

Hujumchisiz qolgan "Everton" erkin agent Marsyal bilan muzokara boshlashi mumkin

Tahririyat 7
Hujumchisiz qolgan "Everton" erkin agent Marsyal bilan muzokara boshlashi mumkin

Manba ma'lumotlariga koʻra, ingliz klubi jamoa ixtiyorida yagona hujumchi — Terno Barri qolganligi sababli shoshilinch ravishda yangi hujumchi izlamoqda.

30 yoshli frantsuz Marsyalning oxirgi klubi "Monterrey" boʻlib, u erda 2025 yil sentyabridan 2026 yil iyunigacha toʻp tepgan. U 20 ta oʻyinda 1 ta gol urgan.

Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida AEK, "Manchester Yunayted", "Sevilya", "Monako" va "Lion" klublarida ham oʻynagan.

Transfermarkt Frantsiya terma jamoasining sobiq a'zosi transfer qiymatini 3,5 million evroga baholamoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring