"Kristal Pelas" "Liverpul"ning Sarr boʻyicha ikkinchi taklifini rad etdi. Futbolchi mashgʻulotlardan bosh tortmoqda
Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Avvalroq mersisaydliklar 28 yoshli senegallik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilgandi, biroq London klubi oʻyinchini sotmadi.
Manba ma'lumotlariga koʻra, Sarr "Liverpul"ga oʻtishni xohlamoqda hamda "Kristal Pelas" safida mashgʻulot oʻtkazish va maydonga tushishdan bosh tortmoqda. Vinger jamoaning Angliya Premer-ligasi 2026/27 yilgi mavsumidagi dastlabki ikkita oʻyinini oʻtkazib yubordi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 45 million evroga baholamoqda.
Sarr oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 45 ta oʻyinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2026 da esa uning hisobida 4 ta uchrashuvda 4 ta gol va 2 ta assist bor.
Manba: championat.asia
Izohlar 0