"Halovatimni yoʻqotdim". Vozinya — JCh-2026dan keyingi hayoti haqida
"Men tinchligim va halovatimni yoʻqotdim. Menda endi hech qanday shaxsiy hayot qolmadi — yoki har holda, u avvalgidan ancha kam qoldi. Endi koʻchaga chiqsam, restoranga borsam, albatta kimdir men bilan suratga tushishni xohlaydi yoki dastxat soʻraydi. Yoki bundan ham yomoni, kimdir meni videoga oladi. Bu hayotimda eng juda oʻzgargan narsa va bu borada nimadir qila olishimga koʻzim etmaydi.
Koʻpchilik mashhur boʻlishni va ommaviy maqomga ega boʻlishni xohlaydi, lekin ular bu haqiqatning faqat ijobiy tomonini koʻrishadi. Ochigʻini aytsam, agar menga bugungi hayotim va ilgarigi hayotim oʻrtasida tanlov berilganida, men avvalgisini tanlagan boʻlardim", — dedi Vozinyaning soʻzlarini The Observer nashri.
Manba: championat.asia
Izohlar 0