Fidbol.net

Xavi Niderlandiya bosh murabbiyi sifatidagi ilk gʻalabasiga izoh berdi

Tahririyat • • 2
Xavi Niderlandiya bosh murabbiyi sifatidagi ilk gʻalabasiga izoh berdi

"Biz yuqori pressing, oʻrta blok va himoya chizigʻida yanada samaraliroq harakat qilishimiz mumkin edi, ammo gʻalabaga munosib edik. Men jamoa butun 90 daqiqa davomida toʻpga egalik qilishini va pressing qoʻllashini xohlayman. Moʻljallangan oʻyinni shakllantirishim uchun, ehtimol, mentalitetni oʻzgartirish talab etilar, ammo men aynan shunday taktikani yoʻlga qoʻymoqchiman. Serbiya individual jihatdan kuchli, Tadich, Yovich va Kostich maydonga tushganidan soʻng uchrashuv xususiyati oʻzgardi, biroq menda gʻalaba bizniki boʻlishi kerakdek taassurot qoldi", — dedi Xavining soʻzlarini UEFA matbuot xizmati.

Musobaqaning ilk turida Niderlandiya terma jamoasi Germaniya bilan durang oʻynagan edi (1:1). Xavi shogirdlari guruh bosqichidagi keyingi uchrashuvni 1 oktyabr kuni Gretsiyaga qarshi oʻtkazishadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring