Tuxel: "Premer-liga murabbiylarining qoʻngʻiroqlariga hech qachon javob bermayman"
Ushbu xalqaro tanaffusda inglizlar 11 kun ichida toʻrtta oʻyin oʻtkazishadi va ularning birinchisi oʻz maydonida Ispaniyadan uchralgan 2:3 hisobidagi magʻlubiyat boʻldi.
Oldinda inglizlarni Chexiya terma jamoasiga qarshi Pragaga safar kutmoqda va Tuxel oʻz futbolchilaridan birortasini ayash kayfiyatida emas, hatto bu haqda undan iltimos qilishsa ham.
"Men Premer-liga murabbiylarining qoʻngʻiroqlariga hech qachon javob bermayman. Men oʻzim ham terma jamoa murabbiylaridan birortasiga hech qachon qoʻngʻiroq qilmaganman. Men futbolchilarni ayay olmayman, buning shunchaki iloji yoʻq".
"Agar men Braziliya yoki Argentina terma jamoasi murabbiyiga qoʻngʻiroq qilganimda, ular mening nima haqda gapirayotganimni tushunmagan ham boʻlishardi, xuddi futbolchilar tushunmaganidek".
"Shunday ekan, nega men buni boshlashim va futbolchilarda bir qadam orqaga tashlash, faqat bir boʻlim oʻynash yoki bir oʻyinda dam olish normal holat degan taassurot qoldirishim kerak? Nega? Men hech qachon bunday qilmagan boʻlardim. Bu muhim. Biz keyingi oʻyinda gʻalaba qozonishni xohlaymiz", — dedi Tuxel Sky Sports nashriga.
Manba: championat.asia
Izohlar 0