Fidbol.net

Van Bommel Mbappening Belgiyaga qarshi oʻynamasligi haqida: "Afsus, men doim maydonda eng kuchli oʻyinchilarni koʻrishni istayman"

Tahririyat • • 4
Van Bommel Mbappening Belgiyaga qarshi oʻynamasligi haqida: "Afsus, men doim maydonda eng kuchli oʻyinchilarni koʻrishni istayman"

27 yoshli futbolchi 25 sentyabr kuni Millatlar Ligasining 1-turi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan oʻyinda (1:0) jarohat olgandi. "Real" hujumchisida chap tizza boʻgʻimi orqa kapsulasining haddan tashqari choʻzilishi tashxisi qoʻyilgan.

2.jpg

AS ma'lumotlariga qaraganda, Mbappe taxminan ikki hafta maydonga tusha olmaydi.

"Mbappening bu erda emasligi afsuslanarli. Men doim maydonda eng kuchli oʻyinchilarni koʻrishni xohlayman. Uning jarohati tafsilotlarini bilmayman, lekin bu uning oʻzi uchun ham, "Real" uchun ham katta yoʻqotish. Uning shu erda boʻlishini istardim!", – deya van Bommelning soʻzlarini keltiradi “RMC Sport”.

Frantsiya 28 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida safarda Belgiya bilan kuch sinashadi, 5 oktyabrda esa oʻz maydonida belgiyaliklarni qabul qiladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring