"100% mening mas'uliyatim". Klopp Germaniyaning Gretsiyadan uchragan magʻlubiyatiga izoh berdi
"Natija quvonarli emas, lekin bu muqarrar ravishda jarayonning bir qismidir. Tarkib, jamoaning shakllantirilish tarzi va barcha oʻzgarishlar — bu 100% mening mas'uliyatim. Bu mening gʻoyam edi. Himoyada chuqur bloklanib oʻynaydigan raqib mudofaasini yorib oʻtish oson boʻlmasligi aniq edi. Men minimal hisobdagi gʻalabani xotirjam qabul qilgan boʻlardim, lekin yutqazish mumkin emas edi.
Oʻtkazib yuborilgan gol — omadsizlik, garchi u raqibda boʻlgan xavfli vaziyatlarning umumiy manzarasiga mos tushgan boʻlsa-da. Mohiyatan, ular shunchaki uzun uzatmalar orqali oʻynashdi. Koʻp hollarda biz bu toʻplarni yaxshi qaytardik, ammo futbolchilarimizning jismoniy koʻrsatkichlarini hisobga olganda, lozim darajada ustunlik qila olmadik.
Biz birgalikda bor-yogʻi bir haftadan beri ishlayapmiz, jamoa yangi, shuning uchun bizga oʻzaro tushunish shakllanishi kerak. Futbol mashgʻulotlarni talab qiladi. Bu hafta hamma narsa ajoyib kechdi — bugungi oʻyinning katta qismi bundan mustasno", — dedi Klopp Sky Sport Germaniya nashriga.
Manba: championat.asia
Izohlar 0