Fidbol.net

Gvardiola Devid Moyes uchun «engilmas raqib» bo'lib qolmoqda

Tahririyat 18
Gvardiola Devid Moyes uchun «engilmas raqib» bo'lib qolmoqda

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Premyer-liga doirasida Devid Moyes jamoalariga qarshi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

APLning 35-turida «shaharliklar» shotlandiyalik mutaxassis boshqaruvidagi «Everton» bilan durang o'ynashdi (3:3).

Shu tariqa, Gvardiola hisobida Moyes qo'l ostidagi klublarga qarshi o'tkazilgan 16 ta o'yinda 13 ta g'alaba va 3 ta durang mavjud.

APL tarixida bundan ham uzunroq mag'lubiyatsiz seriyalar faqat Gvardiolaning Shon Daychga qarshi hamda Aleks Fergyusonning Stiv Bryusga qarshi bahslarida qayd etilgan — har ikki holatda 17 tadan o'yin.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring