Grizmann «Atletiko»ning kayfiyati haqida fikr bildirdi
Tahririyat
•
•
20
Madridning «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi yarim finalidagi javob o'yini oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Bahs 5 may kuni Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Birinchi o'yinda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etgan edi.
«Umid qilamanki, biz to'g'ri ruhiy holatni namoyish eta olamiz va bosimga bardosh beramiz. Chempionlar ligasi o'yinlari har doim o'ziga xos va hayajonli bo'lib kelgan. Bolaligimdan bu turnir o'yinlarini tomosha qilib kelganim menga doimo yordam bergan», — deya Grizmannning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Jamoalar
Izohlar 0