Fidbol.net

Grilish «Everton»ga qaytishi mumkin

Tahririyat 8
Grilish «Everton»ga qaytishi mumkin

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, Jek Grilish shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi ehtimoli hamon yuqoriligicha qolmoqda.

30 yoshli futbolchi Enso Mareska boshchiligidagi jamoaning mavsum oldi tayyorgarligiga kelib qo‘shildi va yangi bosh murabbiy Grilishga bo‘lgan hurmati hamda qiziqishi haqida gapirib o‘tgan edi.

Shunga qaramay, Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi jamoani tark etishi mumkin. «Everton» muvaffaqiyatli ijara mavsumidan so‘ng uni qaytarib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Grilishning kelasi haftadagi mavsum oldi turnesi tarkibiga kiritilish-kiritilmasligi hozircha noma’lum. Agar u safardan chetda qolsa, bu uning kelajagi «Etihad» bilan bog‘liq emasligidan dalolat beradi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring