Gonsalo Garsiya: «El-klasiko»dan keyin muhit tarang bo‘lishini bilardik»
Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya «Real Ovyedo»ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. 22 yoshli futbolchi 44-daqiqada hisobni ochdi, 69-daqiqada esa uning o‘rniga Kilian Mbappe maydonga tushdi.
«Men hayajondaman, o‘yindan juda mamnunman. «El-klasiko»dagi mag‘lubiyatdan so‘ng stadionimizdagi muhit tarang bo‘lishini bilardik. Shuningdek, «Ovyedo» bor imkoniyatini ko‘rsatishga harakat qilishini ham tushunib turgandik. Biz o‘z muxlislarimiz qarshisida klub uchun kurashish ishtiyoqini namoyish etdik. Gol urganimdan juda xursandman, lekin g‘alabamiz meni yanada ko‘proq quvontiradi», — deya Garsiyaning intervyusidan iqtibos keltiradi Madrid Universal.
Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar» aynan o‘tgan turda «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng chempionlik uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0