Gittens: «Chelsi» barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni xohlaydi»
Tahririyat
•
•
4
«Chelsi» vingeri Jeymi Gittens «Aston Villa»dan yarim himoyachi Morgan Rojersning 117 million funt evaziga jamoaga o‘tishi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Morganning transferi atrofida shov-shuvlar juda ko‘p bo‘ldi. Biz barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. APL, Angliya Kubogi va biz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda zafar kuchish — asosiy ambisiyamizdir.
Morgan kabi futbolchining kelib qo‘shilishi unvonlarni qo‘lga kiritishimizga yordam beradi, deb umid qilamiz.
Tarkibimizda raqobat juda kuchli. Biz tinimsiz mehnat qilishda davom etishimiz va nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishimiz kerak», — dedi Jeymi Gittens.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0