"Galatasaroy" prezidenti Oʻzbek Brunu uchun MYuga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor
The Telegraph xabariga koʻra, Turkiya chempionlari bonus hisobiga "Manchester Yunayted"ga 50 million evro, yarim himoyachining oʻziga esa yiliga 21 million evro "sof" maosh taklif qilmoqchi. Shuningdek, 4 yillik shartnoma imzolagani uchun bonus sifatida yana 4 million evro koʻzda tutilgan. Turkiya soliq tizimini hisobga olgan holda, portugaliyalik futbolchi amalda hozir Angliyadagidan ikki baravar koʻp maosh olardi. Shu bilan birga, MYu oʻz sardorini sotish niyatida emas va uni rejalarining muhim qismi sifatida koʻrib chiqmoqda, biroq istanbulliklar baribir yaqin kunlarda 35+15 mln evro taklif qilishi mumkin. Transfer bilan "Galatasaroy" prezidenti Dursun Oʻzbek shugʻullanayotgani aytilmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0