Angliya Superkubogi. "Arsenal" "Manchester Siti"ni yirik hisobda magʻlub etdi va mavsumdagi ilk sovringa ega chiqdi
“Arsenal” - “Manchester Siti” 3:0 LIVE
Gol: 1 - Kalafori (Lyuis-Skelli), 28 - Xaverts (Tsolis), 48 - Edegor (Tsolis)
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel Magalyayns, Moskera, Kalafori, Lyuis-Skelli, Gimarayns, Edegor, Madueke, Tsolis, Xaverts.
“Manchester Siti”: Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O`Rayli, Kovachich, Anderson, Semeno, Foden, Doku, Xoland.
Uchrashuv yakunlandi
84. Edegor markazda Grilishga qarshi qoʻpollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi
81. Semenoning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasini londonliklar darvozaboni yana qaytardi
80. Saka yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Bukayoning zarbasiga aniqlik etishmadi
73. Sherki uzoqdan kuchli zarba yoʻlladi, bu safar ham londonliklar darvozabonidan seyv
72. "Arsenal" uchrashuvdagi toʻrtinchi golini ham urishi mumkin edi. Biroq toʻpga Sakadan oldin Donnarumma etib keldi
63. Saka barchani chiroyli va toʻgʻri bajardi. Biroq zarbaga kelganda noaniq ketdi
53. Gvardiol maydon markazidagi qoʻpolligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

48. GOOOL. "Arsenal" ikkinchi boʻlimning boshida ham gol urmoqda. Edegor gol urmoqda. Bu golga ham jamoaning yangi a'zosi Tsolis assist bermoqda.
Ikkinchi boʻlim boshlandi. Boʻlim avvalida har ikki jamoa safida oʻzgarish. Rays Gimaraynsning oʻrniga maydonga tushdi. Dokuning oʻrniga esa Grilish maydonga tushdi
Birinchi boʻlim yakunlandi
45+1. Gvardiol "shaharliklar"ni uchinchi goldan qutqarib qoldi. Edegorning zarbasini himoyachi darvoza chizigʻidan chiqarib yubordi
43. "Arsenal"ning qanot himoyachilari uchinchi golni kiritishlari mumkin edi. Uaytning uzatmasidan soʻng Kalafori zarba yoʻlladi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi
41. Maduekening uzoqdan yoʻllagan zarbasi Donnarumma qaytardi
39. Bir daqiqaning ichida ikkita xavfli hujum. Birinchi vaziyatda Xolandning zarbasini David qaytardi. Ikkinchi vaziyatda esa Ben Uayt qaytardi.

38. Kalafori simulyatsiya ishlatdi va ogohlantirildi. Ushbu holatda Husanov juda aqli harakat qildi
36. Erling Xoland raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yoʻlladi, biroq uning zarbasi juda noaniq ketdi
FAKT: Rikkardo Kalaforining "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinning 23-soniyasida kiritgan goli Angliya Superkubogi tarixidagi eng tezkor gol boʻldi. U "Siti" futbolchisi Bobbi Ouenning 1968 yilda "Vest Bromvich"ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan 58 yillik rekordini yangiladi.

28. GOOL. Xaverts hisobni oshirdi. Unga esa "Arsenal"ga yangi kelib qoʻshilgan Tsolis boshi bilan assist qildi
22. "Arsenal" xavfli hujum tashkil qildi. Biroq Uayt oʻz imkoniyatidan foydalana olmadi
20. Fodenning uzoqdan yoʻllagan kuchli va aniq zarbasini Rayya qaytardi. Keyin Xoland ham yaqin masofadan kuchli zarba yoʻlladi. Yana londonliklar darvozabonidan seyv
13. "Arsenal" qatorasiga ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq hujumda Gabriel Husanovga qarshi qoʻpollik ishlatgandi
8. Goldan soʻng har ikki tomon hujumlar bilan bir birini qiynashmoqda.

1. GOOL. APLning amaldagi chempionlari hisobni ochishmoqda. Lyuis-Skellining super uzatmasidan soʻng Kalafori hisobni ochdi. Londonliklar hisobni ochishlari uchun 24 soniya etarli boʻldi
Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0