Fidbol.net

Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi 5-sovrinini qoʻlga kiritdi

Tahririyat 3
Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi 5-sovrinini qoʻlga kiritdi

Ispaniyalik mutaxassis qoʻlga kiritgan barcha sovrinlarini "Arsenal" bilan yutib olgan.

Bugun "Arsenal" Arteta boshchiligida Angliya Superkubogi uchun oʻyinda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.

Arteta davrida "Arsenal" qoʻlga kiritgan sovrinlar:
Angliya Superkubogi — 2026 yil
Angliya Premer-ligasi — 2026 yil
Angliya Superkubogi — 2023 yil
Angliya Superkubogi — 2020 yil
Angliya Kubogi — 2020 yil

Mikel Arteta "Arsenal"ni 2019 yil oxiridan buyon boshqarib kelmoqda.

Shuningdek, Arteta "Arsenal" safida futbolchi sifatida ham sovrinlar qoʻlga kiritgan. U londonliklar bilan 2 marta Angliya Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogi gʻolibi boʻlgan.

Shu tariqa, Arteta "Arsenal" tarixida ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida sovrin qoʻlga kiritgan mutaxassislardan biriga aylandi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring