Emiliano Martines A Seriya grandiga oʻtadimi?
Manbaga koʻra, "Yuventus" italiyalik darvozabonni majburiy sotib olish shartisiz ijaraga olishni taklif qilgan. Biroq "Tottenxem" bu shartlarga rozi boʻlmagan va shu sababli muzokaralar toʻxtab qolgan.
Vikarioning transferi hali ham ehtimoliy variant boʻlib qolmoqda, ammo buning uchun London klubi oʻz talablarini yumshatib, futbolchini taklif qilingan shartlar asosida ijaraga berishga rozi boʻlishi kerak.
Zion Sudzuki transferi yuqori agentlik talablari sabab amalga oshmaganidan soʻng, "Yuventus" yana Emiliano Martines nomzodiga qaytdi.
"Aston Villa" argentinalik darvozabon uchun 10 million evro talab qilmoqda. "Yuventus" esa 7 million evro + 3 million evro bonus taklif qilgan. Muzokaralar davom etmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0