Futzal. Oliy liganing yangi mavsumida ishtirok etadigan jamoalar nomlari ma'lum boʻldi
Bular: BMB PFK (Jizzax)
SQB PFK (Toshkent)
“Nurafshon” PFK (Buxoro)
OKMK PFK (Olmaliq)
“Nasaf” PFK (Qarshi)
“Samarqand” PFK (Samarqand)
“Lochin” PFK (Namangan)
“Maksam-Chirchiq” PFK (Chirchiq)
“Sayxun” PFK (Guliston)
“Zarafshon” PFK (Navoiy)
“Neftchi” PFK (Fargʻona)
“Xorazm” PFK (Urganch)
Toshkentning “Lokomotiv” futzal jamoasi oʻz nomi, manzili, maqomini oʻzgartirib, Namangan viloyati sharafini himoya etuvchi “Lochin” MChJ professional futzal klubi sifatida qaytadan tashkil etildi.
Toshkentning “Bunyodkor” futzal jamoasi ham oʻz nomi, manzili va maqomini oʻzgartirib, yangi mavsumdan e'tiboran Navoiy viloyati sharafini himoya etuvchi “Zarafshon” MChJ professional futzal klubi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.
Shuningdek, Buxoroning “Oil Star” jamoasi yangi mavsumdan – “Nurafshon”, Samarqandning “Dinamo” jamoasi – “Samarqand”, Sirdaryo viloyatining “Guliston” jamoasi – “Sayxun” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etishadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0