Frantsiya — Iroq uchrashuvi jahon chempionatlari tarixidan joy oldi
Jamoalar "Linkoln Faynenshel Fild" (Filadelfiya, AQSh) stadionida toʻp surishdi. Unda 3:0 hisobida evropaliklar gʻalaba qozonishdi. SportyTV ma'lumotlariga koʻra, ushbu uchrashuv dunyo birinchiliklari tarixidagi eng uzoq davom etgan oʻyin boʻldi.
Uchrashuv toʻrt soatga choʻzildi. Eslatib oʻtamiz, birinchi boʻlim yakuniga kelib Filadelfiyada kuchli yomgʻir boshlandi, shu sababli oʻyinning ikkinchi yarmini ikki soatga kechiktirishga toʻgʻri keldi. Shtat qoidalariga koʻra, futbolchilarning maydonga qaytishi soʻnggi momaqaldiroq ovozidan keyin kamida 30 daqiqa oʻtgunga qadar ortga surilishi lozim.
Frantsiya "I" guruhi turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa ikki oʻyinda olti ochko jamgʻarib, JCh pley-off bosqichidagi ishtirokini kafolatladi. Navbatdagi oʻyinda Frantsiya terma jamoasi 26 iyun kuni Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0