"Bir daqiqa ham boʻshashish mumkin emasdi". Messi — Argentinaning Avstriya ustidan qozongan gʻalabasi haqida
Bundan avval argentinalik futbolchi Jazoir darvozasiga xet-trik qayd etgan (3:0) va Avstriya bilan bahsda ikki bor gol urgan edi (2:0).
— Leo, jahon chempionatidagi ushbu ikki oʻyinda beshta gol urish siz uchun nimani anglatadi? Va Argentina xalqiga ushbu quvonchni tuhfa etish orqali nimalarni his qilyapsiz?
— Rahmat. Bu katta baxt, ayniqsa gʻalaba qozonganimiz tufayli — bu gʻalaba bizga osonlikcha taqdim etilgani yoʻq. Biz Avstriyaga qarshi oʻyin shiddatli boʻlishini bilardik, bir daqiqa ham boʻshashish mumkin emasdi. Men oʻyin natijasidan va 1/16 finalga yoʻl olganimizdan xursandman. Keyinagi haftani xotirjam kutib olishimiz uchun olti ochko jamgʻarish juda muhim edi. Biz baxtlimiz, — deya Messining soʻzlaridan iqtibos keltiradi Argentina terma jamoasining X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy akkaunti.
Manba: championat.asia
Izohlar 0