Desham Frantsiyaning JCh-2026da Iroq ustidan qozonilgan yirik gʻalabasi haqida gapirdi
"Birinchi boʻlim yaxshi oʻtdi. Balki men futbolchilarimga nisbatan haddan tashqari talabchandirman. Ammo qoʻl ostimda bor boʻlgan oʻyinchilarga aynan shunday yondashuvni ma'qul koʻraman.
Ikkinchi boʻlimda biz ttoʻliq kuch bilan harakat qilishga harakat qildik, sodir boʻlgan voqealarni [noqulay ob-havo tufayli oʻyinning toʻxtatilishini] hisobga olsak, bu oson boʻlmadi. Gʻalaba — bu yaxshi. Bugun biz keyingi bosqichga yoʻl oldik, biroq ishonchim komil, uchinchi oʻyin guruhdagi yakuniy oʻrnimizni belgilab berishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi", — deya Deshamning soʻzlarini keltiradi RMC Sport.
3-turda Dide Desham shogirdlari Norvegiya bilan toʻqnash kelishadi. Oʻyin juma kuni, 26 iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0