JCh-2026. Iordaniya kambek "qurboni boʻldi". Jazoir musobaqasidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Uchrashuvning 36-daqiqasida osiyoliklar hisobni ochdi. Nizar Mahmud tomonidan kiritilgan gol birinchi boʻlimda yagona boʻldi. Ikkinchi boʻlimda esa Jazoir terma jamoasi a'zolari Nadir Benbuali va Amin Guiri gol urib, jamoasiga gʻalaba taqdim etdi. Shu tariqa, Jazoir mundialdagi ilk gʻalabasini Iordaniya ustidan qoʻlga kiritdi.
Uchinchi turda Iordaniya Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Jazoir esa Avstriya bilan toʻqnash keladi.
JCh-2026. J guruhi. 2-tur
Iordaniya — Jazoir 1:2
23 iyun. Santa Klara. "Levi's Stadium"
Iordaniya: Yazid Abu Laylo, Yazan Al-Arab, Ehson Haddod, Muhannad Abu Taha, Abdallah Nasib, Husam Abu Dahab, Nizor Al-Rashdon, Nur Al-Ravabdeh, Muso Al-Tamari, Ali Olvon, Mahmud Al-Mardi.
Jazoir: Luka Zidan, Rafiq Belgali, Ayssa Mandi, Rami Bensebaini, Rayan Ait-Nuri, Fares Shaibi, Ibrohim Maza, Hishom Budaui, Ramiz Zerruki, Riyad Marez, Amin Guiri.
Manba: championat.asia
Izohlar 0