Formula-1 poygachisi "Arsenal" a'zosi Deklan Raysni APL chempionligi bilan tabrikladi
26 yoshli britaniyalik poygachi londonliklarning 27 yoshli yarim himoyachisi Deklan Raysning Instagramdagi tarixini (story) oʻz sahifasiga repost qildi.
Norris ushbu suratga: "Tabriklayman, aka! Chempionlar", - deya izoh qoldirgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning may oyi boshida Deklan Rays Formula-1 jamoasining qarorgohiga tashrif buyurgan va poygachi bilan yaqindan doʻstlashib olgan edi. Ushbu uchrashuv "Arsenal" klubi tomonidan suratga olinayotgan "Raising The Bar" serialining ikkinchi qismi doirasida tashkil etilgan. Oʻshanda Rays Formula-1 simulyatori ruliga oʻtirib, oʻzini sinab ham koʻrgandi.
Qizigʻi shundaki, Lando Norrisning oʻzi APLda "Manchester Yunayted" jamoasiga muxlislik qilishini avvalroq tan olgan.
Ma'lumot uchun, Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Manchester Siti"ning "Bornmut" bilan durangidan soʻng, mavsum tugashiga bir tur qolganda rasman chempionlikni naqd qildi. Bu londonliklar uchun soʻnggi 22 yil ichidagi ilk APL chempionligi boʻldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0