Fidbol.net

Fodenning rekordi yangilandi: «Arsenal»ning 16 yoshli a’zosi APL tarixidagi eng yosh chempionga aylandi

Tahririyat 2
Fodenning rekordi yangilandi: «Arsenal»ning 16 yoshli a’zosi APL tarixidagi eng yosh chempionga aylandi

«Arsenal»ning 16 yoshli yarim himoyachisi Maks Douman APL tarixida chempionlikni qo‘lga kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

«Arsenal» APL 37-turida «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan durang o‘ynaganidan (1:1) keyin chempionlik unvonini naqd qilgan edi.

Douman 16 yoshu 139 kunligida Premyer-liga tarixidagi eng yosh chempion sifatida rekord o‘rnatdi. Bunga qadar ushbu rekord «Manchester Siti» xavbeki Fil Fodenga tegishli bo‘lib, u ilk bor 17 yoshu 350 kunligida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan edi.

Joriy mavsumda Douman APLda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham ulgurdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring