Flikning sabri tugadi: "Barselona" Kundeni sotishga tayyor
Germaniyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchining oʻtgan mavsumdagi oʻyinidan va JCh-2026’dagi ishtirokidan norozi.
Jyul Kunde endi “Barselona” uchun “teginib boʻlmaydigan” futbolchi emas.
Ispaniya OAV xabariga koʻra, kataloniyaliklar ustozi Xansi Flik frantsiyalik himoyachining oʻtgan mavsumdagi oʻyin darajasidan hafsalasi pir boʻlgan. JCh-2026’dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok esa soʻnggi zarba boʻldi. Klubda futbolchini sotish varianti jiddiy koʻrib chiqila boshlandi.
“Barselona” rahbariyati — prezident Joan Laporta va sport direktori Deku Kunde bilan xayrlashishga tayyor.
Kataloniyaliklar himoyachini taxminan 50 mln evroga baholamoqda. Vaholanki, atigi 1 yil oldin klub futbolchi uchun kelib tushgan 70 mln evro atrofidagi taklifni rad etgandi.
Sotuvdan tushgan mablagʻni “Barselona” top-darajadagi markaziy hujumchi sotib olishga yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0