Fidbol.net

FIFA Tantashev Olisega koʻrsatgan sariq kartochkani bekor qilmadi

Tahririyat 2
FIFA Tantashev Olisega koʻrsatgan sariq kartochkani bekor qilmadi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Maykl Olisening sariq kartochkasi oʻz kuchida qolganini ma'lum qildi. Avvalroq Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) FIFAga JCh-2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi oʻyinda (1:0) vinger olgan sariq kartochkani bekor qilish boʻyicha soʻrov yuborgan edi.

Frantsiyalik futbolchi oʻyinning 97-daqiqasida hakam Ilgiz Tantashevdan Matias Galarsa Fonda bilan boʻlgan toʻqnashuv uchun ogohlantirish olgandi. Shu bilan birga, videotakrorlarda Olise raqibiga tegmaganini koʻrish mumkin. "Bavariya" oʻyinchisi Galarsa oldida barmogʻini labiga qoʻygan (jim boʻlish ishorasi), shundan soʻng paragvaylik futbolchi maydonga yiqilgandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq FIFA Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyinda (2:0) qizil kartochka olgan AQSh terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilgandi.

"Sariq kartochka bilan bogʻliq vaziyat oʻzgarmadi: bugun ertalab biz FIFAdan bildirishnoma oldik. Oʻyinning oʻziga keladigan boʻlsak, Marokash — bu Paragvay emas. Biz marokashliklar bilan toʻrt yil oldin oʻynaganmiz, qolaversa, ular Afrika kubogi finaliga qadar etib borishdi. Ularning safida ajoyib oʻyinchilar bor, bu toʻpni nazorat qilishni va hujum qilishni yoqtiradigan jamoa. Ular juda yuqori saviyaga ega", — dedi Desham matbuot anjumanida.

Ertaga Frantsiya JCh-2026 chorak finalida Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring