Fidbol.net

Ferdinand Angliya terma jamoasining o‘yinidan so‘ng Tuxelni himoya qilib chiqdi

Tahririyat 15
Ferdinand Angliya terma jamoasining o‘yinidan so‘ng Tuxelni himoya qilib chiqdi

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, hozirda Britaniya televideniyesida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Rio Ferdinand Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi doirasidagi Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi durang o‘yin haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

"Yana boshlandi... Tuxel xorvatlar ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin daho deb hisoblanayotgandi, Gana bilan durangdan so‘ng esa tarkib tanlashda xato qilgani haqida gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Hamma o‘zini bosib olsin. Angliya to‘rt ochko jamg‘ardi, jamoani va murabbiyni qo‘llab-quvvatlang", - deya Ferdinand o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan xabarida yozib o‘tdi.

Inglizlar mundial guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni Panama terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring