Fidbol.net

Ermatovning gaplari qanchalik toʻgʻri?

Tahririyat 10
Ermatovning gaplari qanchalik toʻgʻri?

AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida oʻtkazilgan va tarixda ilk bor Oʻzbekiston ishtirok etgan mundial ham allaqachon oʻz yakuniga etdi. Biroq terma jamoamizning mundialdagi ishtiroki natija jihatidan muvaffaqiyatli boʻlmadi. Uchta oʻyin va uchta magʻlubiyat. Tarkibdagi koʻplab rotatsiya tufayli oʻzbek futboli hamjamiyatining asosiy qismi italiyalik "Ballon D’or" sohibini muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi deya koʻrsatmoqda.

Jahon chempionati yakunlanganiga bir haftadan biroz koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, MTJ uchun mundial bir oy avval Kongoga qarshi bahs bilan yakunlanib boʻlgandi. Guruh bosqichi oʻz yakuniga etganidan soʻng terma jamoamiz a'zolari Toshkentga qaytishdi va tantanali tarzda kutib olindi. Toshkentga faqatgina murabbiylar shtabi va Fabio Kannavaro qaytmaganidan xabaringiz bor. Terma jamoa bosh murabbiyi Toshkentga kelmasligi ma'lum boʻlganining oʻzi ham muxlislarning koʻplab noroziliklariga sabab boʻldi. 14-iyul kuni OAV vakillari uchun tashkil etilgan hakamlik boʻyicha seminardan soʻng OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OAV vakillarining savollariga javob berar ekan, Kannavaro iyul oyining oxirlarida Oʻzbekistonga kelishi va yaqinlashib kelayotgan Osiyo Kubogiga selektsiya ishlarini olib borishini ta'kidlab oʻtdi. Shundan soʻng esa jurnalistlar ham Kannavaro Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng OʻFA tomonidan Jahon chempionatidagi ishtirok boʻyicha matbuot anjumani tashkil etilar ekan, deya yoza boshladi. Bugun esa 29 iyul, iyul oyi tugashiga esa ikki kun qoldi. Fabio Kannavaro hali Toshkentga kelgani yoʻq. Kannavaro Toshkentga keladimi? Ermatovning soʻzlari qanchalik toʻgʻri?

Cannavaro emotions.jpg

Kecha "Neftchi" va "Navbahor" oʻrtasida boʻlib oʻtgan "derbi"ni murabbiylar shtabi a'zosi Franchesko Troitse stadiondan turib kuzatdi, ammo bosh murabbiydan esa hali hamon darak yoʻq. Toʻrt yillikning eng yirik musobaqasidan soʻng jami 48ta ishtirok etgan terma jamoalarning 15tasi bosh murabbiyi ishdan boʻshatildi. Qit'adoshlarimiz Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi mundialdagi qoniqarsiz natijadan soʻng oʻta jiddiy tanqidga uchragani ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama va bahslarga sabab boʻldi. Shuningdek, Iroq va Iordaniya terma jamoalari ham oʻz bosh murabbiylarini iste'foga chiqarishdi. Oʻzbekistonda mundialdagi ishtirokdan soʻng bosh murabbiyi qachon mamlakatga qaytib kelishi noaniq…

fabio an rovshan.jpg

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring