Endrik «Real»ni tark etishi mumkin
Tahririyat
•
•
4
Manbaning xabar berishicha, braziliyalik iqtidor sohibi Endrik «Real» klubini tark etishi mumkin.
Qayd etilishicha, madridliklar braziliyalik hujumchi va Gonsalo Garsiya o‘rtasida tanlov qilishadi. Har ikki futbolchining ham Madridda qolishi ehtimoldan yiroq. «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Garsiyaning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishdan oldin uning o‘yinini kuzatib olmoqchi.
Mavsumning ikkinchi qismini Endrik «Lion» klubida ijarada o‘tkazdi. Hujumchi «Real» safida umumiy hisobda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0