Fidbol.net

Dovbik ijaraga beriladi

Tahririyat 8
Dovbik ijaraga beriladi

«Roma» «Bolonya» bilan hujumchi Santyago Kastroning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Bu haqda Rivista La Roma nashri xabar bermoqda.

Transferning moliyaviy shartlariga oid ma’lumotlar avval e’lon qilinganlaridan biroz farq qiladi. To‘lov summasi 35 million yevroni tashkil etadi, bonuslar uchun esa 2 million yevrogacha ajratiladi. Bundan tashqari, «Bolonya» argentinalik forvardning keyingi qayta sotuvidan 10 foiz ulush oladi.

Kastro yiliga taxminan 2 million yevro maosh ko‘zda tutilgan shartnomaga imzo chekadi, tibbiy ko‘rik esa yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Kelishuvning bir qismi sifatida «Roma» hujumchisi Artyom Dovbik «Bolonya»ga ijara huquqi asosida o‘tadi.

O‘tgan mavsumda Dovbik jarohat tufayli mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yubordi va 18 ta o‘yinda 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Kastro hisobida esa 51 ta o‘yinda 11 ta gol va 4 ta golli pas bor.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring