Fidbol.net

David Luis "Chelsi"dagi qayta qurish jarayoni va klubdagi bosim haqida fikr bildirdi

Tahririyat 1
David Luis "Chelsi"dagi qayta qurish jarayoni va klubdagi bosim haqida fikr bildirdi

"Chelsi"ning sobiq himoyachisi David Luis London klubidagi hozirgi vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Menimcha, qayta qurish jarayoni doimo qiyin kechadi, ayniqsa gap "Chelsi"dek miqyosdagi klub haqida ketganda; bu yanada murakkab vazifadir. Hamma "Chelsi"dan sovrinlar yutishni va aql bovar qilmaydigan darajada o‘yin ko‘rsatishni kutadi, shuning uchun bosim doimo mavjud bo‘ladi. Umid qilamanki, klubdagi insonlar g‘oliblik mentalitetini qayta topa oladilar va buni qo‘lga kiritilgan kuboklarda isbotlaydilar. Mening fikrimcha, so‘nggi 20 yil ichida "Chelsi" Angliyaning eng muvaffaqiyatli klubi bo‘ldi, shunday ekan, biz o‘tmishni unutmasligimiz kerak. O‘ylaymanki, hamma klubga ishonishda va uni sevishda davom etishi, shuningdek, ushbu og‘ir damlarni yengib o‘tishda jamoaga yordam berishga harakat qilishi lozim", — dedi Luis Ismael Mahmudga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda "Chelsi" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 36 turdan so‘ng 49 ochko jamg‘arib, to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring