Darvin Nunyes «Beshiktosh»ning diqqat markazida
Tahririyat
•
•
9
«Beshiktosh» «Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyesga qiziqish bildirmoqda.
Fotomac nashrining yozishicha, Turkiya klubi urugvaylik futbolchini 4 million yevro evaziga ijaraga olishni taklif qilgan.
Shuningdek, taklif tarkibiga bonus ham kiritilgan: agar klub chempion bo‘lsa va Nunyes mavsum davomida 20 tadan ortiq gol ursa, «Al-Hilol»ga yana 4 million yevro to‘lab beriladi.
O‘tgan mavsumda Nunyes Saudiya Arabistoni chempionatidagi 16 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0