Dalichga Meksika va Kolumbiya terma jamoalari qiziqmoqda
Xorvatiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zlatko Dalich oldida ikkita taklif bor. Bu haqda jurnalist Lorenso Lepore xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 59 yoshli mutaxassisni tayinlash imkoniyatini Meksika va Kolumbiya futbol federasiyalari ko‘rib chiqmoqda. Har ikki terma jamoa ham 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 final bosqichida musobaqani tark etgan.
Shuningdek, Dalichga Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya va BAAdan ham qiziqish mavjudligi aytilmoqda.
Tajribali murabbiy Xorvatiya terma jamoasini to‘qqiz yil davomida boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa ikki jahon chempionatida katta natijalarga erishdi: 2018 yilda kumush, 2022 yilda esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0