Fidbol.net

Buskets "Barselona"da murabbiy boʻlib ishlamoqchi

Tahririyat 4
Buskets "Barselona"da murabbiy boʻlib ishlamoqchi

Diario Sport xabariga koʻra, "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlashni xohlaydi.

Yaqinda 38 yoshli ispaniyalik "Barselona"ning mashgʻulotlar bazasiga tashrif buyurdi va u erda klub bilan "blaugrana"ning boshqa bir sobiq oʻyinchisi Juliano Belletti boshqaradigan "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qoʻshilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. "Barsa"ning zaxira jamoasi Ispaniya toʻrtinchi divizionida toʻp suradi.

Buskets mustaqil ravishda bosh murabbiy boʻlishdan oldin litsenziya olish bilan birgalikda murabbiylar shtabida amaliy ish tajribasiga ega boʻlishni niyat qilgan.

Qayd etilishicha, klubda Buskets miqyosidagi futbolchining murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qilganiga juda ijobiy munosabatda boʻlishadi va uni kelajak uchun istiqbolli shaxs deb hisoblashadi. Biroq hozirda Busketsning oʻzi ortiqcha e'tiborsiz ishlashni va tajriba toʻplashni xohlaydi.

Buskets oʻtgan yilning dekabr oyida "Inter Mayami" bilan MLS kubogini qoʻlga kiritganidan soʻng faoliyatini yakunlagan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring