Bobur Abdurahmonov: "Yigitlarimiz juda boʻsh harakat qilishdi"
Oʻyindan keyin "Paxtakor farm" bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Oʻyin haqida fikringiz?
- Yigitlarimiz juda boʻsh harakat qilishdi. Avvalgi oʻyindan keyin aytgandim, etti nafar futbolchini oʻrinbosarlar tarkibiga berganmiz. Shuningdek ikki futbolchimizda jarohat bor, shu bois ikkinchi tarkib bilan oʻynadik. Mavsum boshidan beri deyarli ikkinchi tarkib bilan oʻynab kelyapmiz, chunki asosiy oʻyinchilarni "Paxtakor" U-21 jamoasiga berdik. Shunga yarasha natijalar ham yaxshi boʻlmayapti degan fikrdaman.
- Jamoangiz oldiga "Paxtakor" bosh jamoasi tomonidan qanday maqsad qoʻyilgan?
- Maqsad - funbolchi etkazib berish. Aytib oʻtganimdek, etti nafar oʻyinchimizni oʻrinbosalarga berdik. Agar shu futbolchilar kelajakda yaxshi oʻynab ketsa, bu ham bizning yutugʻimiz boʻladi. Hozirgi tarkibdan ham futbolchi chiqarishga harakat qilyapmiz. Buning uchun Proliga bahslari biz uchun yaxshi maktab boʻlyapti.
Manba: championat.asia
Izohlar 0