Fidbol.net

Ne'matillo Qutibaev: "Ruslan Qalmagambetov kuchli hujumchi boʻladi deb oʻylayman"

Tahririyat 4
Ne'matillo Qutibaev: "Ruslan Qalmagambetov kuchli hujumchi boʻladi deb oʻylayman"

Oʻyindan keyin "Aral" bosh murabbiyi Ne'matillo Qutibaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Uchrashuv toʻliq jamoamiz ustunligida kechdi. Har ikki taymda yigitlarimiz yaxshi harakat qilishdi. Buni yakuniy hisob ham aytib turibdi. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda koʻproq gol urgan boʻlardik.

- "Aral" qatorasiga ikki oʻyindan beri gol oʻtkazmasdan gʻalaba qozonyapti. Shu haqda fikringiz?

- Biz uchun oʻyinlar oson oʻtmayapti, har bir bahsda nimadir muammo kuzatilyapti. Oxirgi ikki oʻyinda koʻp vaziyatlar yaratdik. Ba'zan oʻyin davomida bitta vaziyat boʻlishi mumkin, ba'zan esa koʻproq vaziyat boʻladi. Biz himoyani unutmagan holda oʻz imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilyapmiz.

- Jamoa hujumchisi Ruslan Qalmagambetov toʻpurarlar orasida birinchi oʻrinda boryapti. U bugun ikkita gol urdi. Ushbu futbolchi haqida nima deya olasiz?
- Ruslan koʻp gol urishini necha yildan beri kutdik. Yaxshi bilasiz, u ikkinchi ligadan kelgan. Jamoamizga tezda kirishib ketdi, yigʻin payti oʻzini koʻrsatdi va mashgʻulotlarda ham yaxshi harakat qilyapti. Ruslanda imkoniyat katta va kuchli hujumchi boʻladi deb oʻylayman.

- Bugungi raqib "Paxtakor farm" haqida nima deyish mumkin?

- Birgina oʻyindan kelib chiqib fikr aytish qiyin. Chunki bitta darvozaga oʻyin boʻldi. Jamoada yoshlar harakat qilyapti va shu orqali oʻsib boradi. Bilamizki, "Paxtakor" har kimni ham chaqiravermaydi, bu futbolchilarda ham iste'dod bor deb oʻylayman.

- Birinchi taymda jamoangiz koʻp bor pressing namoyish qildi, lekin ikkinchi boʻlimda shuni koʻrmadik.
- Biz har bir oʻyinda pressing orqali raqibga bosim oʻtkazishga harakat qilamiz. Agressiv futbol oʻynaymiz. Endi baribir hisob 3:0 boʻlganidan keyin pressing kamaydi. Futbolchilarimiz erkinlikka berildi.

- Keyingi tur "Jayxun"ga qarshi derbi boʻladi.
- Derbi oʻz nomi bilan derbi. Oʻtgan yil "Jayxun"ga qarshi bahslar ancha qiziq kechgandi. Bu yil ham yaxshi toʻqnashuv koʻramiz.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring