Fidbol.net

Zayniddin Tojiev: "Bugun juda sust harakat qildik"

Tahririyat 2
Zayniddin Tojiev: "Bugun juda sust harakat qildik"

Oʻyindan keyin "Gʻazalkent" bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Bugun jamoamizni taniy olmadim, futbolchilarimiz nimagadir sust harakat qilishdi. Oʻyinni oʻrganib tegishli xulosa chiqargan holda jamoani tiklashga va keyingi oʻyinga tayyorlashga harakat qilamiz. Navbatdagi bahsimiz "Shoʻrtan"ga qarshi kechadi, shu uchrashuvga hozirlik koʻramiz. Oʻyinga keladigan boʻlsak, bizda ham, "Jayxun"da ham gʻalaba qozonish uchun imkoniyat boʻldi. Lekin durang haqli natija deb hisoblayman.

- "Jayxun" egallab turgan oʻrindan kelib chiqib oson yutamiz degan xayol boʻlmadimi?
- Yoʻq. Futbolchilarga koʻrsatma paytida ham aytdik, avvalo kuchli xohish boʻlishi kerak. Bugun kimning xohishi yuqori boʻlsa, shu jamoa yutib ketishini va oʻyin kurashlarga boy kechishini bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Balki bu charchoq alomatlari yigʻilib qolganidanmi.

- Golli vaziyatlar boʻldi, lekin foydalanishga kelganda oqsash kuzatildi. Bunga nima deya olasiz?
- Baribir koʻp narsa charchoq bilan bogʻliq, keyin kontsentratsiya ham etmayapti. Futbol mayda detallardan iborat, hammasiga jiddiy e'tibor qaratish kerak. Futbolchilarimiz hali yosh, tajriba toʻplab borishyapti.

- Mirqodirovning yoʻqligi qanchalik bilindi?
- Endi baribir Mirqodirovning oʻrni bilinadi, u jamoamiz sardori va jamoani elkasida koʻtarishga harakat qiladi. Jamoada etakchi boʻlishi kerak, kimdir yukni oʻziga olishi lozim. Bugun bizga mana shunday etakchi etishmadi. Bu borada jamoa bilan gaplashamiz. Futbolchilarda oʻziga boʻlgan ishonch ortishi lozim.

- Bugun Ibodullaev bilan Fayzullaev oʻz darajasidan past harakat qildi degan fikrga qoʻshilasizmi?
- Bugun butun jamoa oʻz darajasiga nisbatan past harakat qildi. Futbolchilarni taniy olmadim. Har oʻyinda 4-5ta vaziyat yaratib kelayotgandik, bugun koʻp vaziyat boʻlmadi. Oldinga ham qoʻrquv bilan chiqdik. Aytib oʻtganimdek, buni charchoq bilan bogʻlayman.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring