Fidbol.net

"Beshiktosh" direktori Ozen: "Saloh bilan uch marta uchrashdik. Bizning taklifimiz stol ustida, yangisi boʻlmaydi"

Tahririyat 8
"Beshiktosh" direktori Ozen: "Saloh bilan uch marta uchrashdik. Bizning taklifimiz stol ustida, yangisi boʻlmaydi"

"Biz Saloh bilan aloqaga chiqdik va moliyalashtirish modeliga ham toʻxtaldik. Saloh – jahon darajasidagi oʻyinchi va hurmatga sazovor sportchi. Biz u bilan muzokaralarning moliyaviy tafsilotlariga chuqur kirmasdan, uch marta uchrashdik. Shu paytgacha hamma narsa silliq ketayotgan edi. Moliyaviy muhokamalar boshlangani hamono jarayon sekinlasha boshladi (21 iyul holatiga koʻra). Amalda ham ma'lumot almashishni, ham moliyaviy tomonni muhokama qilishni toʻxtatib qoʻygan talablar paydo boʻldi. Men Saloh kabi hurmatga sazovor sportchi bu talablardan xabardor boʻlmagan deb taxmin qila olaman.

Menda [yangi taklif boʻlishi yoki boʻlmasligi haqida] "ha" yoki "yoʻq" deyish imkoniyati yoʻq. "Beshiktosh"ning qilgan taklifi stol ustida turibdi. Agar unga javob kelsa, uni koʻrib chiqish mumkin boʻladi. Lekin "Beshiktosh" yangi taklif kiritmaydi. Ular boshqa klub bilan ham muzokaralar olib borayotganini aytishdi. Ehtimol, u erda kelishuvga erishishar", – dedi Ozen.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring