«Bavariya» himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi
«Bavariya» o‘z rasmiy sayti orqali futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Konrad Laymer 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekadi.
29 yoshli Laymerning asosiy pozisiyasi — o‘ng qanot himoyachisi. Shu bilan birga, avstriyalik futbolchi markaziy yarim himoyachi sifatida ham o‘ynashga qodir.
Konrad Laymer 2023 yilning yozidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu uch mavsum davomida futbolchi 136 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va 21 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.
«Bavariya» 2026/2027 yilgi yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 22 avgust kuni o‘tkazadi. Shu kuni myunxenliklar Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi maydonga tushadilar.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0