Fidbol.net

«Barselona» yarim himoyachisi «Manchester Siti» va «Chelsi»ga oʻtishni xohlamadi

Tahririyat 4
«Barselona» yarim himoyachisi «Manchester Siti» va «Chelsi»ga oʻtishni xohlamadi

Bu haqda insayder Ekrem Konur oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

«Barselona» rahbariyati futbolchining transferidan 30 million evrodan ortiq mablagʻ ishlab olishni koʻzlamoqda. Shuningdek, yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni Premer-liganing boshqa vakillari — «Aston Villa», «Nyukasl», «Everton», «Fulxem» va «Brayton» klublari ham faol kuzatib bormoqda.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Mark Kasado barcha turnirlarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qoʻydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga koʻra, futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 18 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring