“Barselona” etakchisi bir necha oyga safdan chiqdi: nimalar ma'lum?
Tibbiy tekshiruv 29 yoshli niderlandiyalik futbolchining oʻng tizzasidagi ichki yon boylamlari uzilganini aniqladi. Klubda jarrohlik amaliyotidan voz kechishga qaror qilindi — futbolchi shifokorlarning doimiy nazorati ostida konservativ davolanish kursini oʻtaydi. Yaqin haftalarda uning ahvoli muntazam baholab boriladi, shundan soʻng keyingi tiklanish rejasi aniq boʻladi.

Ispaniya OAV xabariga koʻra, De Yongning tiklanishi 4 oyga yaqin vaqtni olishi mumkin, ammo “Barselona” hozircha yarim himoyachining maydonga qaytishi boʻyicha hatto taxminiy muddatlarni ham ochiqlamayapti.
Niderlandiyalik futbolchi oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 38 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yozda u, shuningdek, Niderlandiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi barcha 4 ta oʻyinida qatnashdi, La Liganing 2025/26 yilgi mavsumida esa oʻz hisobiga 1 ta gol va 5 ta assist yozib qoʻygan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0