Fidbol.net

"Barselona" Alvares bo‘yicha "Atletiko" bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi

Tahririyat 3
"Barselona" Alvares bo‘yicha "Atletiko" bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi

Xulian Alvaresning Madridning "Atletiko" klubidan "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tobora avj olmoqda.

"Matraschilar"ning yon berishdan qat’iy bosh tortishiga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" argentinalik yulduz futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytmayapti. Jurnalist Jota Jordi xabar berishicha, voqealar rivojida yangi burilish kelasi haftadayoq yuz berishi mumkin. "Barsa" 26 yoshli hujumchi borasida madridliklar bilan qayta muzokara o‘tkazishga urinib ko‘rishi juda ehtimolli.

Xulian Alvaresning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 100 million yevroga baholanmoqda, biroq "Atletiko" futbolchi uchun undan ancha ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring