Fidbol.net

"Barsa" Fodenni sotib olishi mumkin

Tahririyat 10
"Barsa" Fodenni sotib olishi mumkin

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisini sotib olishga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi xavbekning «Manchester Siti»dagi noaniq kelajagini uni arzonroq narxga qo‘lga kiritish imkoniyati sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga «Milan» ham da’vogarlik qilmoqda. Ta’kidlanishicha, 2025 yilda «shaharliklar» Fodenni 130 million yevroga «An-Nasr»ga sotishdan bosh tortgan edi.

Fil Foden «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring